"O`zatom" agentligi magistratura yo`nalishiga arizalarni qabul qilish boshlanganini e`lon qiladi

"O`zatom" agentligi magistratura yo`nalishiga arizalarni qabul qilish boshlanganini e`lon qiladi

07 dekabr 2021 / 16:53 417
Hurmatli abiturientlar!
Sizga shuni ma`lum qilamizki, Moskva shahridagi «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti»  2022/2023 o‘quv yili uchun «Rosatom» davlat korporatsiyasi hamda «O‘zatom» agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston fuqarolari uchun 
14.00.00. Yadro energetikasi va texnologiyalar ta`lim yo`nalishiga jami 5 o`rin miqdorida qabul kvotasi belgilandi: 

Bu yilgi magistratura yo`nalishiga hujjatlar qabuli masalasi bo`yicha quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
(+99871) 202 09 11.

O`qishga kirish uchun ariza topshirayotgan abiturientlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
a) Shaxsini va fuqarolikni tasdiqlovchi hujjat;
b) Ta`lim darajasini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi hujjat;

Chet tilida to`ldirilgan barcha hujjatlar rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjimaga ega bo`lishi kerak.