Ilmiy-texnik va ekspert kengashi

“Oʼzatom” agentligi qoshidagi ilmiy-texnik va ekspertlar kengashi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi yadro energetikasini rivojlantirish chora-tadyuirlari toʼgʼrisida” 2018 yil 19 iyulьdagi PF-5484-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi qarori bilan 800-sonli Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аtom energiyasini rivojlantirish agentligining ilmiy-texnik va ekspert kengashining tarkibi va nizomi tasdiqlandi.

Ilmiy-texnik va ekspert kengashi davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʼzini-oʼzi boshqarish organlari, shu jumladan oliy oʼquv yurtlari, ilmiy-tadqiqotlar va loyihalash tashkilotlari, respublikada atom energiyasini rivojlantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organdir. Yadro energetikasini rivojlantirishning strategik masalalari boʼyicha qarorlar qabul qilish ilmiy-texnik va ekspertlar kengashining xulosalari asosida amalga oshiriladi. Kengash oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarini, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va buyruqlarini, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

  • kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Respublikaning atom energetikasini yanada rivojlantirish kontseptsiyalari va dasturlarini shakllantirish, koʼrib chiqish, va amalga oshirish boʼyicha ishlarni tashkil etish;atom elektr stantsiyalari qurish loyihalarini koʼrib chiqish va tasdiqlash, ushbu sohadagi eng muhim meʼyorlar va standartlarga muvofiq ularni amalga oshirish jarayonini monitoring qilish;
  • atom elektr stantsiyasi yoki uning blokini, shuningdek ishlatilgan yadro yoqilgʼisini saqlash omborlarini joylashtrish, loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish,foydalanish xususiyatlarini cheklash va foydlanishni bekor qilish boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlik, aholini va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish paytida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf qilish masalalari boʼyicha takliflar tayyorlash;
  • atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini taʼminlash choralarini koʼrish.
  • Аtom energiyasini rivojlantirishning strategik masalalari boʼyicha fikrlarni tayyorlash.