14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

14 yanvar 2022 / 16:27 252
Muhtaram vatandoshlar! "O`zatom" agentligi sizlarni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi! 

Bu bayram Vatanimiz sarhadlarini himoya qilishga shay bo`lib, yurtimiz kelajagi, farovonligi yo`lida qo`lidan kelgan barcha ishlarni qilayotgan har bir insonga hurmat izhor qilish kunidir.

Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog`liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas`uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz! Boshimiz uzra farovonlik va tinch osmon yurtimizni tark etmasin!