O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining mazmun-mohiyati

04 iyun 2022 / 11:40 287

Hozirgi kunda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg`or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo`yicha izchil choralar ko`rilmoqda.

Shuningdek, bu borada 1 iyul kuni "O`zatom" agentligida "O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining mazmun-mohiyati" mavzusida agentlik hodimlari korrupsiyaga qarshi kurash siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurroq tushunishlari uchun seminar-yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilish davomida xodimlarga agentlikning rejim va kadrlar bo‘yicha boshqarma boshlig`i Abdumannobov Obidjon korrupsiyadagi reyting baholash tizimi, kontragentlarni tekshirishga oid yo`riqnoma hamda manfaatlar to`qnashuvi turlari haqida batafsil ma`lumotlar berdi.

"O`zatom" agentligi matbuot xizmati