TADBIR HAQIDA E`LON

04 fevral 2022 / 22:08 388
Taxminan 20 yoki 30 yildan keyin hayotingiz qanday bo`lishini bilishni xohlaysizmi?
U holda Atom texnologiyalari axborot markazi sizni 9 fevral kuni soat 16:00 da  “Hammasi yaxshi bo`ladi: 2050-yilga borib fan va texnologiyalar odamlar hayotini qanday o`zgartirishi mumkin” mavzusida onlayn tarzda bo`lib o`tadigan ma`ruzaga taklif etadi.

Taniqli ilm-fan targ`ibotchisi Ilya Kabanov bilan birgalikda biz fan va texnologiyalar kelajagimizni qanday o`zgartirishi haqida fikr yuritamiz.

Ilya Kabanov - ilmiy jurnalist, Тayga.info veb-sayti sharhlovchisi, "Лайфлонг муки (https://t.me/lifelongmooc)&quot)" kanali muallifi. Shuningdek, fan va texnika tarixi, buguni va kelajagi haqida yozadi.

U taniqli targ`ibotchi sifatida Yandeks tizimida ishlagan va Rosatom bilan hamkorlik qilgan, hamda Moskva metrosida Fan va texnologiyalar yiliga bag`ishlangan ilmiy poyezdni ishga tushirgan. Bundan tashqari u Hindiston, Bangladesh, Germaniya, Belarus, O`zbekiston va Rossiyaning 30 ta hududida ma`ruzalar o`qigan, hamda ilmiy-ommabop tadbirlarga rahbarlik qilgan.

Ma`ruzada ishtirok etish uchun:
- telegram ilovasida @pressaUzatom manziliga "Men kelajakni ko`rishni xohlayman" deb yozing;
- uchrashuv sanasi va vaqtini “9 fevral, soat 16:00 da Zoom ilovasida” tarzida o`z taqvimingizda belgilab qo`ying;
- tadbir boshlanishdan 10 daqiqa oldin havola orqali Zoom ilovasiga ulaning (ulanish uchun havola va parol oldindan yuboriladi).

Sizni tadbirda nimalar kutmoqda:
-  mashhur ilm-fan targ`ibotchisining qiziqarli ma`ruzasi;
-  ko`plab qiziqarli va hayratga soluvchi faktlar, hamda gipotezalar;
-  sizni qiziqtirgan savollarga javob olish, hamda taniqli jurnalist bilan suhbatlashish imkoniyati;
-  eng qiziqarli savol muallifini esa kutilmagan sovg`a kutmoqda!

Uchrashuv davomiyligi - 1 soat

Albatta ro`yxatdan o`ting va 9-fevral kuni soat 16.00 da bo`lib o`tadigan onlayn uchrashuvda qatnashing.

Ko`rishguncha deb qolamiz!